19:40 / 11.10.2017
32361

O‘zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da'vo qilmoqda

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekiston va Moldova MDH tashkilotiga 2020 yilda raislik qiluvchi nomzodlar sifatida qayd etildi. MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedevning ta'kidlashicha, bu masala ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro hal qilinishi maqsadga muvofiq.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti o‘z nutqida «​O‘zbekiston 2020 yili MDH raisligini qabul qilishga tayyor»​ ekanini, alifbo ketma-ketligi bo‘yicha Turkmanistondan so‘ng MDH doirasidagi sammit va uchrashuvlarni oliy darajada o‘tkazish mas'uliyatni zimmasiga olishini bildirdi»​, deydi u jurnalistlar bilan suhbatda.

Lebedevning aytishicha, mana shunday taklif bilan Moldova prezidenti ham chiqqan. Do‘stona va erkin ruhda o‘tgan uchrashuvda hamkasblar bu masalani ikki davlat o‘zaro hal qilishi lozimligini ta'kidlashgan.

Mavzu
Sochi sammiti

Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top