08:16 / 12.10.2017
5509

Falcon 9 raketasining navbatdagi parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Foto: AP

Floridadagi Kanaveral burnidan SES 11/EchoStar 105 telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshiga ega Falcon 9 raketasi orbitaga uchirildi.

Raketaga Toshkent vaqti bilan soat 03.53da start berildi. Raketa geostatsionar orbitaga AQShning EchoStar sun'iy yo‘ldosh operatori va Lyuksemburgning SES kompaniyasi tomondan ishlatiladigan sun'iy yo‘ldoshni olib chiqdi. 

Raketaga egalik qiluvchi SpaceX kompaniyasida ta'kidlanganidek, sun'iy yo‘ldoshni orbitaga birinchi pog‘onasi avval Xalqaro koinot stansiyasiga Dragon yuk kemasini jo‘natishda ishlatilgan raketa olib chiqdi. 

Raketa uchirilgandan 10 daqiqa o‘tib uning birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga qo‘ndirildi. SpaceX’ning ta'kidlashicha, bu parvoz raketaning birinchi pog‘onasi ortga muvaffaqiyatli qaytarilgan 18-parvoz bo‘ldi.

Fazoga ko‘tarilgan sun'iy yo‘ldosh AQSh hukumatini 50 ta shtat, Meksika ko‘rfazi va Karib havzasi davlatlari hududlarida telekommunikatsiya va internet signallari bilan ta'minlaydi.  

Mavzuga oid
Top