11:05 / 12.10.2017
54293

Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish bo‘yicha qoidalarga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish Qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-son «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005 yil 28 maydagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish Qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirishdan biriga ko‘ra, preambula (kirish qismi) va 12-bandda «vakolatli banklar» so‘zlari «tijorat banklari» so‘zlari bilan almashtirildi.

Shuningdek, 1-, 4- va 6-bandning ikkinchi-beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xat boshlaridagi «vakolatli bank» so‘zlari «tijorat banki» so‘zlari bilan almashtirildi.

Mavzuga oid
Top