17:00 / 12.10.2017
39792

Temir Jumaqodirov halok bo‘lgan YTH nima sababdan yuz bergani ma'lum qilindi

Foto: www.gov.kg

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov ichida bo‘lgan yengil avtomobil bilan yuzma-yuz to‘qnashib ketgan "KamAZ" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Qirg‘iziston IIVning patrul militsiyasi Bosh boshqarmasi YTHga shu sabab bo‘lganini ma'lum qildi.

Yuk mashinasining 25 yoshli haydovchisi – Chuy viloyatining Panfilov tumanida istiqomat qiladi. Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 281-moddasi 3-qismi (yo‘l harakati xavfsizligi va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qirg‘iziston IIV patrul militsiyasi Bosh boshqarmasi avtohalokat guvohlaridan tergovga yordam ko‘rsatishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jumaqodirov 7 oktabr kuni Chuy viloyatidagi Sadovoye qishlog‘ida xizmat mashinasida ketayotganida "KamAZ" avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Avtomobil ichida bosh vazir o‘rinbosaridan tashqari uning yordamchisi va haydovchisi ham bo‘lgan, ularning barchasi hayotdan ko‘z yumgan. 

Mavzuga oid
Top