21:17 / 13.10.2017
21050

Istanbulda o‘quvchilar o‘qqa tutildi

Foto:newsturk.ru

Turkiyaning Istanbul shahrida noma'lum kimsa ov miltig‘i yordamida bir o‘quvchini o‘ldirdi, yana 2 o‘quvchiga jarohat yetkazdi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, fojia Istanbulning Pendik tumanidagi maktab oldida sodir bo‘lgan. Yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning hayoti xavf ostida emas.

Ta'kidlanishicha, jinoyatchi maktab binosi ichiga yashirinmoqchi bo‘lgan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, qotilning jinoyatni sodir etishiga sevgan yorini jabrlangan o‘smirlardan rashk qilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top