08:52 / 13.10.2017
40575

Jahonning eng go‘zal ayollari: ularning o‘rtacha yoshi aytildi

Foto: EPA / UPG

Ko‘p yillardan beri reyting yetakchilari safida turgan Anjyelina Joli 42 yoshda

Boston universitetining meditsina maktabi tadqiqotchilari sayyoramizdagi eng go‘zal ayollarning o‘rtacha yoshini aniqlab chiqishdi, deb xabar beradi The Telegraph. 

Olimlarning aniqlashlaricha, 2017 yilda u deyarli 39 yoshga teng ekan. Ular 1990 yildan 2017 yilga qadar «People» jurnalida e'lon qilingan go‘zal ayollarning ro‘yxatini taqqoslab chiqishgan. 

30 yil muqaddam bu borada o‘rtacha yosh 33,2 yilni tashkil etgan, hozir esa 38,9 yoshga teng bo‘lyapti. Bunday statistik siljishga sabab, reytingga Sheron Stoun (59 yosh), Mishel Pfayffer (59 yosh) va Juliya Roberts (49 yosh) kabi aktrisalar hamon kirmoqda. Ular 1990 yilda ham ro‘yxatda bo‘lishgan.

Jahonning eng chiroyli ayollari orasida qora tanli go‘zallar ham tobora ko‘paymoqda. 1990 yilda oq tanli ayollar ro‘yxatning 88 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu raqam 77 foizgacha tushgan.
 

Top