15:00 / 16.10.2017
7380
18 mln. so‘mlik o‘g‘irlangan qo‘ylar egasiga qaytarildi

Zangiota tuman IIBga Toshkent shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan A.S. ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 25 sentabr kunidan 2 oktabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, Xonobod qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qo‘yxonasidan umumiy narxi 18.000.000 so‘m bo‘lgan 22 bosh qo‘yini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni uning uyida ijarada yashayotgan, Andijon viloyatida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan T.T. sodir etganligi va u shu qo‘ylarni sotib yuborganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida qo‘ylar olinib, egasiga qaytarildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top