21:34 / 18.10.2017
20437

Sobchak 2018 yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashishini ma'lum qildi

Foto: Yevgeniy Odinokov/RIA «Novosti»

Kseniya Sobchak 2018 yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovlarida ishtirok etishi to‘g‘risida ma'lum qildi. Uning jamoasiga qo‘shilishni istaganlarga o‘zining rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tishni taklif qildi.

Sobchak o‘z bayonotida Rossiyada nimanidir o‘zgartirishga harakat qilish zarurligi va o‘z ovozini yetkazish zarurligini aytdi.

"Aks holda Navalniy va boshqa mustaqil siyosatchilar qamoqda o‘tiraveradi, aks holda hech narsa o‘zgarmaydi", - dedi teleboshlovchi.

Aksariyat bu saylovlarga boykot e'lon qilishni taklif qilmoqda. Umuman hech qayerga bormaslik ham mumkin: nomzodlarning bari allaqachon jonga tekkan, haqiqiylari esa saylovgacha qo‘yilmasa, borishdan qanday naf?!

"Agar bormasangiz, sizga baribir emasligini qanday tushunish mumkin? Sizning ovozingiz eshitilishi uchun nima qilish kerak?"

Kseniya Sobchak, teleboshlovchi

Sobchakning qo‘shimcha qilishicha, saylov byulletenidan "hammaga qarshi" bo‘limi olib tashlangan, u esa saylovlardagi ishtiroki bilan uni qaytarmoqchi.

"Biz birgalikda juda kuchlimiz. Ular qanday va'da berishmasin, nimaga yon bosishmasin, biz qarshi chiqamiz. Ularga qarshi. Hammaga qarshi".

Kseniya Sobchak, teleboshlovchi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov teleboshlovchi Kseniya Sobchakning prezident saylovlaridagi ishtirokini quyidagicha izohladi:

"U siyosatni ko‘zlayotgan bo‘lsa, o‘ylashimcha, noldan tajriba to‘plashiga to‘g‘ri keladi. Siyosat jurnalistika va shou-biznesdan farq qiladi, bu mutlaqo begona substansiya. Siyosat odamlarning irodasini ko‘zda tutadi. Agar Ksyusha xalqning irodasiga quloq tutib, unga javob berishga tayyor bo‘lsa, siyosatda o‘zini sinash imkoniga ega bo‘ladi", - dedi u. Shuningdek Peskov Sobchak Konstitutsiyaning tegishli bandiga to‘liq to‘g‘ri kelishini aytib, uni "iste'dodli inson" deb atagan.

Top