12:30 / 19.10.2017
7330

21 mln. so‘mlik chorva mollarini olib ketgan firibgar ushlandi

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, 2017 yilning mart oyida Toshkent tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan D.I. tanishi Sharifni ishontirib, “pullarni kechki payt olib kelaman” – deb, undan 5 bosh qora mol va 2 bosh qo‘ylarni olib ketadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Biroq, yarim yil o‘tgan bo‘lsa ham D.I. kelishilgan 21 mln. so‘m pulni bermaslik uchun Sharifdan qochib yuradi. Toqati toq bo‘lgan Sharif ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi. 

Tezkor xodimlar tomonidan D.I. qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top