08:09 / 19.10.2017
14376

Messi Ronalduning rekordiga biroz bo‘lsa ham yaqinlashdi

Foto: Getty Images

«Barselona» YeChL guruh bosqichining 3-turi doirasida «Olimpiakos»ni qabul qildi. «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:1 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Kataloniya klubi hujumchisi Lionel Messi hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda, 61-daqiqada gol urib, o‘z jamoasi ustunligini ta'minladi. Argentinalik futbolchi uchun bu gol yevrokuboklardagi 100-to‘pga aylandi. Ayni damda uning hisobida YeChLda 97 ta va UYeFA Superkubogida yana uchta gol bor.

YeChL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida esa «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yetakchi bo‘lib turibdi, uning hisobida 110 ta gol bor. Messi 97 ta gol bilan bu ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top