12:20 / 20.10.2017
35121
Paxta terimini tashkillashtira olmagani uchun iste'foga chiqarilgan hokim o‘rniga yangisi tayinlandi

Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.

Endilikda tumanga shu vaqtgacha «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azimjon Abdimutalovich Vahobov yangi rahbar bo‘lgan. Viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiya davomida tasdiqlangan.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov ishtirok etgan va so‘zga chiqqan.

Tumanga 2016 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Nazirjon Yunusaliyevich Hayitaliyev o‘tgan haftada, 14 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda paxta terimini tashkillashtira olmagani tufayli lavozimdan ozod etilgandi.

Top