07:32 / 20.10.2017
4868

Pekinda tuman tufayli e'lon qilingan xavflilik darajasi amal qilishi uzaytirildi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Pekinda quyuq tuman tufayli 19 oktabrda e'lon qilingan xavflilikning zarg‘aldoq darajasi 20 oktabrda ham amal qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Xitoy poytaxti meteorologik boshqarmasi saytida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, shaharning ba'zi hududlarida ko‘rish uzoqligi 200 metrgacha qisqaradi. Shahar rahbariyati aholini yo‘llarda ogoh bo‘lishga chaqirdi. Aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil, parom va boshqa transport xizmatlariga xavfsizlik choralarini oshirish buyurilgan.

Shuningdek, quyuq tuman 20 oktabrda Pekinga olib keluvchi bir qator shosselarning, jumladan  Pekin–Honkong-Makao (G4), Pekin–Kunmin (G5), Pekin–Xarbin (G1), Pekin–Taybey (G3) trassalarining yopilishiga sabab bo‘ldi.

Top