15:46 / 21.10.2017
15092

«Qo‘yliq» bozori yonida bezorilik jinoyati yuz berdi

2017 yilning 15 oktabr kuni taxminan soat 19:30larda, Y.S. Bektemir tumanida joylashgan “Qo‘yliq” bozorining yonida, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida fuqaro Sh.Sh.ni urib, unga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Top