10:28 / 23.10.2017
11190

Manba: xitoylik sportchilar ommaviy ravishda doping qo‘llashgan

Xitoy Olimpiya terma jamoasining sobiq shifokori Syue Insyan ARD telekanaliga bergan intervyusida xitoylik sportchilar 1980- va 1990-yillarda erishgan barcha medallar doping evaziga qo‘lga kiritilganini ma'lum qildi. 

"O‘sha vaqtda milliy jamoalar tarkibiga kirgan xitoylik sportchilar dopingni keng qo‘llashgan. Ular qo‘lga kiritgan medallar doping bilan bulg‘angan va ularni qaytarish lozim. Gap 10 mingdan ziyodroq sportchi haqida ketmoqda. Xitoyda faqatgina dopingga ishonishgan. Faqat doping qabul qilganlargina mamlakat sha'nini himoya qila olgan. Dopingga qarshi chiqqanlar hozirda turmalarda o‘tirishibdi. Doping qabul qilishni rad etganlar, jamoadan chiqarilib tashlangan. 2008 yilgi Olimpiada oldidan meni doping haqida gapirmaslikdan ogohlantirishgan. Biroq men jim tura olmadim. Mening yonimga doimo kelishardi, shu tufayli o‘g‘illarim ishidan ayrildi", deb ayolning aytgan so‘zlarini Inside the Games nashri keltirib o‘tgan.

Shifokorning aytishicha, dopingni barcha xitoylik sportchilar 11 yoshdan qabul qila boshlashgan. 

Ta'kidlanishicha, 79 yoshli ayol hozirda Germaniyada yashaydi. U 2 yil avval u yerdan boshpana so‘ragan.  

Top