«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida muhokamalarni keltirib chiqargan surat tarqaldi. Unda Namangan shahridagi «Sardoba bozori» MChJ hududida sotuvchilari paxta yig‘im-terimida ishtirok etmagani uchun 177-do‘kon muhrlab qo‘yilgani ko‘rsatilgan.
Do‘konga 23 oktabr kuni muhr urilgan bo‘lib, u necha kunga muhrlangani ma'lum qilinmagan. Bir vaqtning o‘zida MChJ raisining ruxsatisiz savdo do‘koni ochilmasin, deya ta'kidlangan.