09:10 / 25.10.2017
8989

OAV: Ispaniya qiroli katalon shahrida nomaqbul shaxs deb e'lon qilindi

Foto: AP /Michael Probst

Ispaniya qiroli Filipp VI Kataloniyaning Jirona shahri kengashi tomondan persona non grata deb e'lon qilindi. Bu shaharda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari pozitsiyalari kuchli hisoblanadi. Bu qaror 24 oktabrda Jirona shahar kengashi tomondan qabul qilingan.

Ispaniya qirolining shahar uchun nomaqbul shaxs deb e'lon qilinishi taklifi shahar kengashining yalpi majlisida ko‘pchilik tomondan qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, Ispaniya hukumatining Kataloniyadagi vakili Enrik Miyo ham nomaqbul shaxs deb topilgan.

Jirona shahar kengashi Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasi qo‘llanishiga qarshi chiqqan. Ushbu moddada Kataloniyada mahalliy boshqaruvning vaqtinchalik cheklanishi taklif qilingan. Avvalroq bu taklif Barselona shahar kengashi tomondan rad etilgandi.

Barselona meri birinchi o‘rinbosari Xerardo Pisareloning ta'kidlashicha, qirol va uning oilasi a'zolarining nomaqbul shaxslar deb e'lon qilinishi "maqsadga muvofiq emasdir" hamda Barselona va Madrid o‘rtasidagi ixtilofni hal qilishda hech qanday foyda keltirmaydi. 

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Top