16:00 / 26.10.2017
16627
Reklama

Ingliz tili orqali rus tilini o‘rganishni istaysizmi?

Foto: Lily Education

​Xorijiy tilni yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarga rus tilini ingliz tili orqali o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda Lily Education o‘quvchilari rus tilini mahoratli pedagog nazoratida ingliz tili orqali o‘rganishi mumkin.

Kurs kimlar uchun foydali?

Avvalambor, mazkur kurs ingliz tilida ma’lum bir bosqichda bilimga ega, ammo rus tilini o‘rganishga qiynalayotgan talabalar hamda bir vaqtning o‘zida ikki tilni o‘zlashtirishga intilayotgan yoshlar uchun samarali bo‘ladi. Shunday qilib, siz bir marta to‘lovni amalga oshirib, ikkita til ko‘nikmasini rivojlantirishingiz mumkin.

Kurs o‘quvchilari qanday sharoitga ega?

Rus tilini ingliz tili orqali o‘rganuvchi yoshlar Lily Education​ tomonidan tashkillashtiriladigan quyidagi imkoniyatlardan BEPUL foydalanishi mumkin:

- Ingliz tiliga oid har kungi darslarda ishtirok etish;

- markaz kutubxonasidan foydalanish;

- barcha ijtimoiy loyihalarda qatnashish;

- psixologik seminar-treninglarda ishtirok etish;

- IELTS MOCK imtihonlarni topshirish;

Kurs qanday tashkillashtiriladi?

Kursda o‘qish barcha zamonaviy talablarga javob bergan holda, haftasiga uch marta, 1,5 soat davom etadigan darslar ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, o‘z ustida tinimsiz ishlashni istagan o‘quvchilar markazda tashkil etilgan maxsus joyda soat 9:00dan 20:00gacha ilm bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. 

Rus tilini ingliz tili orqali o‘rganish kursida ta’lim olish bir oy uchun 250.000 so‘m qiymatda narxlanadi.

Lily Education o‘quv markazi
Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 144/1
Mo‘ljal: «Novza» metrosi
Telefon: +998 71 278 77 72
Sayt: Liledu.uz
Instagram: http://instagram.com/lily_education
Email: info@liledu.uz​

Reklama huquqi asosida

Top