23:42 / 27.10.2017
10436

Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniyaga mustaqilligini bekor qilish uchun 3 kunlik muhlat berdi

Foto: Juan Medina/Reuters

Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniyaga mustaqilligini bekor qilish uchun 3 kunlik muhlat berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq AQSh davlat departamenti Kataloniyani "Ispaniyaning ajralmas qismi" deb atagandi. Germaniya hukumati ham Kataloniya mustaqilligini tan olmagan. 

27 oktabr kechki vaqt Ispaniya parlamentining yuqori palatasi Kataloniya markazdan boshqarilishi joriy qilinishini ko‘zda tutuvchi 155-moddaning qo‘llanishiga ovoz bergan.   

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top