19:40 / 27.10.2017
54538
Navoiy viloyati paxta rejasini «to‘ldirdi»

Navoiy viloyati 2017 yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajardi. Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xom-ashyosi tayyorlash to‘g‘risidagi ma'lumotnomada keltirilishicha, navoiylik paxtakorlar 27 oktabr holatiga ko‘ra, davlatga 97 ming 330 tonna paxta topshirgan (reja - 97 ming tonna).

Respublikada birinchi bo‘lib, 13 oktabr kuni Xorazm viloyati paxta sotish rejasini ado etgandi. Bir hafta muqaddam, 20 oktabr kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham paxta sotish rejasini bajardi.

Ayni vaqtda Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatlari ham rejaga yaqinlashmoqda. Sirdaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlari esa nisbatan ortda qolgan.

Respublika bo‘yicha bu mavsumda 3 million 180 ming 700 tonna paxta hosili terib olish rejalashtirilgan.

Top