18:35 / 27.10.2017
19048
Reklama

Pop tumanida «Asakabank» investitsiyasi asosida «Namangan agrologistik» markazi qurilishi boshlandi

Bugungi kun talabi deganda nimani tushunish mumkin. Har bir sohada bu iborani turlicha talqin etsa bo‘ladi. Mamlakatimizda turli jabhalar, ayniqsa agrar sohada yangicha ish yuritishni rivojlantirishga bo‘lgan aniq va samarali harakatlar kuzatilmoqda. Kundan-kun jadallashib borayotgan bozor konyukturasi nafaqat ichki bozorni, balki yurtimiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport salohiyatini oshirishni talab qilayotir.

Namangan viloyati azaldan sarxil mevalari bilan mashhur. Viloyatda yetishtirilgan bog‘dorchilik mahsulotlariga chet ellarda ham talab juda katta. Kuni kecha Pop tumanida zamonaviy uslubda mevani saqlash, saralash, quritish, muzlatish, qadoqlash va mahsulotni chet elga eksport qilishga mo‘ljallangan logistik kompleks qurilishi boshlandi. Mazkur kompleksni Pop tumanida barpo etilishi bejiz emas. Popga qo‘shni bo‘lgan Chust, Buvayda tumanlarida 10 ming gektardan ziyod bog‘lar mavjud.

Shu yilning iyul oyida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Pop tumanidagi «Namangan agro logistic» qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hamda issiqxona tashkil etish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazilib, prezidentimiz mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlagan edilar. Prezidentimizning e'tiborlari bilan tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan loyihaga “Asakabank” ATBning 17 million 700 ming AQSh dollarga teng mablag‘i yo‘naltirildi. Kompleks yiliga 7 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega.

- Markaz 10 gektar maydonda barpo etilib, uning 5 gektarida Yevropa standartlari darajasida mahsulot ishlab chiqaruvchi so‘ngi rusumdagi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari o‘rnatilgan inshootlar qurilsa, hududning qolgan qismida koreya texnologiyasi asosida issiqxona va malina mevasi yetishtiradigan bog‘ yaratiladi,- deydi “Namangan agrologistik” MChJ direktori Yahyoxon Hamdamov. – Italiya texnologiyasi asosida sok konsentrati ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. 3 ming tonna meva sabzavot saqlash imkoniyatiga muzlatkich keyingi yilning aprel oylariga ishga tushishi rejalashtirilgan.

250 nafardan ziyod ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilayotgan korxonaga Italiyadan eng so‘ngi rusumdagi texnologik uskunalar keltirilib, o‘rnatiladi. Bu borada Italiyaning “Advice & Consulting” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. – O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar xorijda xaridorgir,-deydi “Advice & Consulting” kompaniyasi direktori Aleksandra Kaminski. Kompaniyamiz tomonidan “Namangan agro logistik markazi”ga jahonning yetakchi korxonalari foydalanayotgan texnologik uskunalar yetkazib beriladi.

“Namangan agrologistik” markaziga mevali bog‘ yaratish uchun 200 gektar joy ajratildi.

2018 yil davomida bosqichma-bosqich ishga tushishi mo‘ljallangan kompleks qurilishini boshlash oldidan o‘zbekona taomilga ko‘ra, ezgu niyat bilan nuroniylardan duo olindi. Tadbirda Pop tuman hokimi A'zamjon Sultonov, “Advice & Consulting” kompaniyasi vakillari ishtirok etdilar.

Reklama huquqi asosida

Top