8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:08 / 28.10.2017 18932

Donald Trampga doir maxfiy ma'lumotlarni to‘plashga kim buyurtma bergani ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan maxfiy ma'lumotlarni to‘plashga doir birinchi kim buyurtma bergani ma'lum bo‘ldi. Bu The Washington Free Beacon konservativ nashridir, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

2015 yili mazkur nashriyot rahbariyati Fusion GPS firmasini yollab, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar, shujumladan Trampga qarshi ma'lumotlarni to‘plashni so‘ragan.
 
The Washington Free Beacon bir yil o‘tgach, 2016 yil mayida Fusion GPS firmasidan qidiruv ishlarini to‘xtatishni so‘ragan. Chunki Tramp bu vaqtga kelib partiyadan yetakchi nomzod bo‘lgan edi. Biroq masalaning boshqa bir tomoni ham bor. 2016 yil aprelida ayni shu firmani milliarder siyosatchining nuqsonli tomonlarini topish maqsadida demokratlar ham yollagan. 

NYT nashrining qayd etishicha, o‘sha bir yil mobaynida olingan ma'lumotlar Trampga nisbatan ma'lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qilmoqda. U 2017 yil yanvarida e'lon qilingandi. Ayni shu narsa prezidentning Rossiya bilan aloqalari xususida surishtiruv ishlari boshlanishiga asos bo‘ldi.

Top