00:57 / 28.10.2017
8106

Ispaniya bosh vaziri Kataloniya jyeneraliteti va politsiya boshliqlarini lavozimlaridan chetlatdi

Foto: AP Photo / Paul White

Ispaniya hukumati Kataloniya politsiyasi boshlig‘ini o‘z lavozimidan chetlatishga qaror qildi. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy tvitterdagi sahifasida yozgan. 

Raxoyning ta'kidlashicha, "jyeneralitet tarqatilmoqda, jyeneralitet rahbarlari va Kataloniya politsiyasi boshlig‘i o‘z lavozimlaridan chetlatilmoqdalar". 

Bosh vazirning aytishicha, Ispaniya hukumati bu masalani hal qilish uchun bir qator choralarni ko‘rgan. Uning aytishicha, Kataloniyada saylovlar 21 dekabrga belgilangan.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top