12:52 / 30.10.2017
17922
Foto: Ronaldu raqibga ishlatgan qo‘polligi uchun yana diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Jirona»ga qarshi o‘yin davomida raqib yarimhimoyachisi Pere Pons bilan to‘p uchun kurash vaqtida qo‘llarini ishga solgan.

Portugaliyalik futbolchi burchakdan to‘p uzatilgan vaqtda raqibining yuziga urgan. U bu harakatini qasddan amalga oshirgani aytilmoqda.

Pons uning zarbasidan keyin gazonga qulagan. O‘yin hakami Alexandro Ernandes bu vaziyatda Ronalduni jazolamagan.

Qayd etish kerakki, Krishtianu mavsum boshida «Barselona»ga qarshi o‘yinda hakamni turtgani uchun 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va mavsum startini o‘tkazib yuborgandi.

Top