09:00 / 30.10.2017
4901

«Malaga» mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

«Malaga» Ispaniya primerasining 10-turi doirasidagi uchrashuvda «Selta»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Adrian Gonsales birinchi bo‘lim oxirlarida uchrashuvdagi hisobni ochdi. Yago Aspas 76-daqiqada javob to‘pini kiritdi. Resio oradan yetti daqiqa o‘tib penaltini aniq amalga oshirdi va mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

«Malaga» musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi hamda Ispaniya primerasi turnir jadvalining 19-o‘rnida bormoqda. «Selta» 11 ochko bilan 13-pog‘onada.

Malaga – Selta 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 
1:0 – 45 Gonsales, 1:1 – 76 Aspas, 2:1 – 83, penalti Resio.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Bess, Xuankar, Resio, Gonsales, Keko(Ontiveros, 80), Anor (En-Nesiri, 76), Chori Kastro (Rolon, 90), Penyaranda.
Selta – Blanko, Malo (Gvidetti, 84), Kabral, Gomes, Kastro, Ernandes, Lobotka (Xosabed, 80), Vass, Aspas, Maksi Gomes, Sisto.
Ogohlantirishlar: Malo (15), Ernandes (34), Chori Kastro (62), Kabral (82), Aspas (90).

Top