11:57 / 30.10.2017
24836

OAV: Neymar «PSJ» klubiga o‘tganidan afsuslanmoqda

Foto: Mundo Deportivo

«PSJ» hujumchisi Neymar bosh murabbiy Unai Emerining ish uslubidan qoniqmayapti.

Bundan tashqari, futbolchi Parijdagi hayotga ko‘nikib ketolmayapti va «Barselona»ni tark etganidan afsuslanmoqda. Futbolchining yaqinlari ham Ispaniyadagi hayotni qo‘msamoqda, deb xabar beradi La Porteria.

Avvalroq, Neymar va Emeri o‘rtasida, mashg‘ulot paytida nizo kelib chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top