13:44 / 31.10.2017
47732

Hilol Nasimovning kelajakdagi faoliyatiga oydinlik kiritildi 

Foto: O‘zbekfilm

Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” AJ rahbarligidan ozod etilgani xabar qilingandi.

“O‘zbekkino” MA axborot xizmati qayd etishicha, ushbu xabar ba'zi OAVlar tomonidan boshqacha talqin qilingan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida noto‘g‘ri fikr shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Agentlik bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuncha berdi.

“Taniqli kinorejissyor Hilol Nasimovning “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktorligidan ozod etildi, degani uning ijoddan butunlay uzoqlashdi degan ma'noni anglatmaydi. Zero, agentlik axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda ham “Nasimovning boshqa ishga o‘tganligi sababli”, deb izoh berilgan. Gap shundaki, H.Nasimovning kinorejissuradagi tajribasi inobatga olinib, uni davlat buyurtmasi asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan filmlarga jalb qilish va uning salohiyatidan samarali foydalanish maqsad qilingan. Jumladan, “O‘zbekkino” Milliy agentligi joriy yilning aprel-iyun oylari davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi ssenariylar uchun tanlov e'lon qilgan edi. Rejissyor Hilol Nasimov ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan ssenariylar asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan badiiy filmlarga jalb qilinganligini ma'lum qilamiz”, - degan Shuhrat Rizayev.

Mavzuga oid
Top