10:23 / 31.10.2017
8774
Saratov yaqinidagi YTHda 4 nafar tojikistonlik halok bo‘ldi
Foto: Saratov oblasti YHX davlat nazorati boshqarmasi

Rossiyaning Saratov shahri yaqinida "KAMAZ" yuk mashinasi va Volkswagen Caravelle mikroavtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Yana kamida 5 kishi jarohat olgan. Jabrlanuvchilarning barchasi mikroavtobus yo‘lovchilari bo‘lgan.

YTH 30 oktabr kechki vaqt Saratov-Nijniy Novgorod trassasining 558-kilometrida yuz bergan. YTH "KAMAZ" yuk mashinasining 28 yoshli haydovchisi mikroavtobusga yo‘l berishni istamagani sababli sodir bo‘lgan. Oqibatda transport vositalari to‘qnashib ketgan. 

Top