08:10 / 01.11.2017
17009

YeChL. S guruhida sensatsion natijalar qayd etildi

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida «Roma» «Chelsi» ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda Stefan Al-Shaaraviy dubl qayd etdi, ikkinchi bo‘limda Diyego Perotti urgan gol rimliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.

Shu tariqa, ingliz klublarining YeChL joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyati kuzatildi.

S guruhida yana bir sensatsiya qayd etildi. «Atletiko» o‘z maydonida «Qorabog‘»ni yenga olmadi — 1:1. O‘tgan turda tomonlarning o‘zaro uchrashuvida ham g‘olib aniqlanmagandi — 0:0. 

Birinchi bo‘limda Markos Michel ozarboyjonliklarning YeChL safar o‘yinlaridagi ilk golini urdi, ammo 56-daqiqada Tomas Teyye hisobni tenglashtirdi. 3 daqiqa o‘tib «Qorabog‘» bir kishi kam bo‘lib qoldi, Pedro Enrike maydondan chetlatildi. Ammo jamoa jasorat ko‘rsatib, hisobni saqlab qoldi. Jamoalar o‘yinni teng bo‘lib tugatishdi — 88-daqiqada Stefan Savichga ham qizil kartochka ko‘rsatildi.

S guruhida 4 turdan keyingi vaziyat: 1. «Roma» — 8 ochko; 2. «Chelsi» — 7; 3. «Atletiko» — 3; 4. « Qorabog‘» — 2.

Yevropa Chempionlar ligasi
4-tur
Roma – Chelsi 3:0
(2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 1 El-Shaaravi, 2:0 – 36 El-Shaaravi, 3:0 – 63 Perotti.
Roma – Alisson, Florentsi (Manolas, 76), Fasio, Jyezus, Kolarov, Nainggolan, de Rossi, Strotman, El-Shaaravi (Jyerson, 75), Djyeko, Perotti (Pellegrini, 87).
Chelsi –    Kurtua, Keyxill (Villian, 56), David Luiz, Ryudiger, Aspilikueta, Fabregas (Drinkuoter, 71), Bakayoko, Alonso, Pedro, Morata (Batshuayi, 75), Azar.

Atletiko –  Qorabog‘ 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 40 Michel, 1:1 – 56 Parti.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Korrea, Parti (Gaytan, 62), Gabi, Saul, Gameyro (Torres, 70), Grizmann.
Qorabog‘ – Shexich, Medvedev, Jyeznichak, Sadygov, Agoli, Rishard, Garayev, Pedro Enrike, Michel (Ismailov, 90), Gere (Yunuszade, 63), Sheydayev (Kintana, 72).
Ogohlantirishlar: Sadigov (9), Savich (32), Jyeznichak (34), Torres (75).
Chetlatish: Pedro Enrike (59), Savich (88).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top