19:20 / 01.11.2017
9399

iPhone X smartfonining asosiy kamchiligi video orqali namoyish qilindi

Foto: AFP 2017 / Josh Edelson

Apple kompaniyasining yangi smartfoni iPhone X’da qo‘llanuvchi odam yuzini tanish tizimi Face ID egizaklarni bir-biridan farqlay olmasligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu holat aks etgan videoni Mashable portali joylashtirgan.

Dastlab egizaklardan biri Face ID’da ro‘yxatdan o‘tgan. U so‘ngra smartfonni egizagiga bergan. Aniqlanishicha, egizaklarning ro‘yxatdan o‘tmagani qurilmani muammosiz blokdan chiqara olgan. Egizaklar bu holat xato yuz berayotganini istisno qilish maqsadida navbatma-navbat Face ID’ni aldashga urinishgan, biroq tizim biror marta smartfonning haqiqiy egasini topa olmagan.

Bu muammo Face ID tizimi bilan yuz berayotgan birinchi muammo emas. Avvalroq bu funksiya agar smartfon egasi 13 yoshdan kichik bo‘lsa noto‘g‘ri ishlashi ma'lum bo‘lgandi. Smartfonning sentabrdagi taqdimotida ham nomaqbul vaziyat yuz bergan: kompaniyaning katta vitse-prezidenti Kreyg Federini Face ID’ni bir urinishda ishga tushira olmagan. 

Top