09:00 / 01.11.2017
6520

Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorligi muhokama qilindi

2017 yilning 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 10-uchrashuvida qatnashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy idorasi delegatsiyalari Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Narkotiklar, yangi psixofaol moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish, noqonuniy moliyaviy oqimlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazining (CARICC) barqaror faoliyati sohalarida mintaqaviy hamkorlikning yangi tendensiyalari, muammolari va istiqbollariga asosiy e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Deklaratsiya qabul qilindi.

Top