00:06 / 01.11.2017
11326

MChJ shaklini olgan «Sovplastital» QK davlat korxonasiga aylantirildi

Foto: Sovplastital

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktabrdagi «Sovplastital» MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №872-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilindi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan.

«Sovplastital» AJ tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va qayta tiklash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmaganligi natijasida bugungi kunda korxona quvvatlaridan 5 foizga foydalanilayotganligi, ishlab chiqarish maydonlarining juda kam qismidan foydalanilayotganligi, xaridorgir eksportbop va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilmaganligi, oxirgi o‘n yilda korxonada ish o‘rinlari soni 6 barobarga kamayganligi;

Toshkent shahar xo‘jalik sudining 2017 yil 31 maydagi 10-1704/14493-son ish bo‘yicha qarori bilan «Sovplastital» QK ustav kapitalidagi 96,67 foiz miqdoridagi ulushga davlatning mulk huquqi e'tirof etilganligi;

Muassislarning 2017 yil 19 avgustdagi qarori bilan «Sovplastital» qo‘shma korxonasi «Sovplastital» MChJga aylantirilganligi ma'lum qilingan.

Takliflarga ko‘ra, «Sovplastital» MChJning Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 29-uyda joylashgan «2-son ishlab chiqarish va omborxona binolari» binolarini (binolarning bir qismini) va inshootlarini tutash hudud bilan birga obektni berish sanasida jamiyatning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorligi va ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek obektni berish natijasida yuzaga keladigan soliq hisobiga Toshkent shahri hokimligiga beriladi, shuningdek, obekt negizida kichik sanoat zonasini tashkil etish maqsadida keyinchalik uni «Shilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi» DUKga beriladi.

Toshkent shahri hokimligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Chilonzor kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladigan yer uchastkalari chegaralarini aniqlanishini ta'minlaydi.

Ikki oy muddatda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini va ularni amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlanadi.

Top