09:20 / 01.11.2017
15711

Mirzo Ulug‘bek tumanida pichoqbozlik yuz berdi

2017 yilning 29 oktabr kuni tungi taxminan soat 03:30 larda N.G. mast holatda, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, bezorilik oqibatida fuqaro V.M.ga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada V.M. yettinchi sonli shahar klinik shifoxonasiga olib borilib, unga "Qorin old devori bo‘shlig‘iga kirgan, jigarni shikastlagan sanchilib-kesilgan jarohati, postgemorragik shok” tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Top