19:50 / 01.11.2017
15963

Nega Bosniya va Gertsegovina parchalanib ketmagan?

Ayni kunlarda Ispaniyadan Ukrainagacha, Shotlandiyadan Shimoliy Italiyaga qadar kenglikda yoyilgan Yevropa Ittifoqida notanish inqirozni kuzatish mumkin. U ham bo‘lsa etnik jamoalarning o‘z taqdirini mustaqil belgilash borasida fikrini erkin ifoda etishidir. Shuningdek, bu mustaqillik sari qadam qo‘ygan «davlatlar» demokratiya havosidan nafas olmasidan, «hududiy yaxlitlik» yuzasidan bo‘g‘ilmoqda.

Ana shunday ssenariy Bosniyada ham yuz bergandi. Xorijiy ekspertlar, siyosatshunos, tahlilchilar 1995 yildagi Bosniya urushining taqdirini «ichki portlash bilan yakun»lanishini taxmin qilgan. 2002 va 2006 yillarda Bosniya «Oliy vakili» lavozimida faoliyat yuritgan ingliz siyosatchisi Peddi Eshdaun ham «mamlakatni separatizm kayfiyati qamrab olganidan xavfsirayotgani»ni bildirgan. Ammo bularning hech qaysi biri yuz bermadi. Nega?

Urushda Bosniyada istiqomat qiluvchi serb, xorvat va musulmon bosniyaklar bir-biriga qarshilantirib qo‘yildi. Sobiq Yugoslaviya parchalangach, mazkur davlat shakllanib, mustaqil siyosiy irodasini bildirishini e'lon qildi. Ayni paytda Serbiya va Xorvatiyaning har birida «Buyuk Serbiya», «Buyuk Xorvatiya» kabi tarixiy orzularini amalga oshirish istagi uyg‘ondi. Ammo urush yakunida erishilgan kelishuv murakkab vaziyatdan mamlakat qanday o‘tib ketishi lozimligini ko‘rsatib berdi.

Unga ko‘ra, prezidentlar (ha, 3 nafar prezident) serb, xorvat va musulmon bosniyak millatiga mansub bo‘lishi lozim va 8 oylik muhlatda boshqaruv Prezdium raisligi lavozimi ular orasida o‘zgaradi. Mamlakat ikkita etnik omilga ko‘ra tashkil topgan birliklardan iborat, shuningdek, bitta Brcko avtonomiyasi ham mavjud.

Ikki ma'muriyatdan birida aholisining ko‘pchiligi serblardan tashkil topgan Srpska bo‘lsa, ikkinchisi bosniyak va xorvatlar ta'sirida bo‘lgan Federatsiya hisoblanadi. Ana shu Federatsiyaning tarkibida 10ta kanton (mahalliy ma'muriy birlik) bo‘lib, ularning har birini alohida Bosh vazirlar boshqaradi. Bosniyada beshta prezident va juda ko‘p Bosh vazirni uchratish mumkin, bu yurtda asosiysi lavozim va maqom emas. Shvetsariyada bo‘lgani kabi, bu yurtda saylovlar taqsimot udumlariga tayanadi.

Ana shunday qiyin holatda, Bosniya va Gertsegovina​ o‘z mustaqilligi, hududiy yaxlitligini saqlab qolishga erishdi.

Mavzuga oid
Top