22:56 / 01.11.2017
30027

Nyu-York meri va gubernatori Trampni teraktdan keyin aytgan so‘zlari uchun tanqid qilishdi

Foto: Andres Kudacki/AP

Nyu-York meri Bill de Blazio CNN telekanali efirida AQSh prezidenti Donald Trampni shaharda sodir etilgan teraktni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi.

31 oktabrda Nyu-Yorkda 16 yil ichidagi birinchi terakt sodir bo‘ldi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov pikap mashinasida odamlarni bosib ketgan. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi.

Shu sababli Tramp grin-kartalarning tarqatilishi to‘xtatilishi kerakligini aytgan. 

"Prezident yoki biror bir odam bu vaziyatda qilishi kerak bo‘lgan eng oxirgi narsa bo‘lib o‘tgan voqeani siyosiylashtirishdir. Biz bo‘lib o‘tgan hodisani butun millat yoki din zimmasiga yuklashimiz kerak emas. Bu yerga keladigan barcha alohida shaxs sifatida qaralishi kerak. Biz ularning barchasini hurmat qilishimizni ko‘rsatishimiz kerak", deb aytgan de Blazio.

"Biz davlatimizga diniy yoki boshqa alomatlar bo‘yicha emas, balki aniq odamlarning kiritilishi taqiqlanishi tarafdorimiz", deb aytgan mer.

Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo ham Trampning gaplarini "siyosiylashgan" va "nomaqbul" deb atagan.

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top