09:50 / 01.11.2017
10239

Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum

Foto: AKIpress

Qirg‘izistonning yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat prezidenti devonidan xabar qilishgan.

Tadbir «Ala-Archa» davlat qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi 30 oktabr kuni prezidentlik saylovlari natijalarini e'lon qildi – Sooronbay Jeenbekov saylovchilarning 54,22 foiz ovozi bilan g‘alaba qozondi.

Amaldagi prezident Almazbek Atamboyevning inauguratsiyasi esa 2011 yilning 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top