08:50 / 02.11.2017
22346

Yoshlar ittifoqi xodimi hokim o‘rinbosari etib tayinlandi 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash masalasida «sotsial lift» vazifasini o‘tamoqda. «Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, tashkilot xodimi, 29 yoshli Bobur Mirzayev Uchtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangan. 

Bobur Mirzayev Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Faoliyatini Toshkent shahar Kengashida boshlagan. Keyinchalik, ushbu Kengashda rais o‘rinbosarigacha ko‘tarilgan.

U shu yilning 6 iyulidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Ta'lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top