04:13 / 02.11.2017
14277

“Qalbaki pul”ga 1 mln. so‘mlik telefon sotib olgan olg‘ir fosh etildi

Joriy yilning 5 oktabr kuni Chirchiq shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan Maqsad Dilshodov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) aldash yo‘li bilan, Chirchiq shahrida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan Murod Altiyevning ishonchini suiste'mol qilib, «sotib olaman» – deb aldab, undan narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan «Nokiya-225» rusumli uyali telefonini olib, qalbaki 200 yevroni bergan. 

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan Dilshodovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top