18:45 / 02.11.2017
29250

Respublika onkologiya ilmiy markazi sobiq rahbar xodimlarining ishi sudga oshirilgan

Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov Respublika onkologiya markazi sobiq rahbarlari Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha ayblanib, ularga nisbatan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga oshirilganini ma'lum qildi. 

Bobir Dehqonov Foto: KUN.UZ

Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar O‘zbekiston JKning 167-, 1841-, 205- va 209-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Ularga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari 2017 yil 21 apreda boshlanib, shu yilning 30-avgustida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontoxur tuman sudiga topshirilgan. 

2008-2016 yillarda Onkologiya markazi bosh hisobchisi lavozimida ishlagan Ye.I.; 2000-2016 yillarda markaz direktori lavozimida ishlagan N.S.; 2009 yildan beri markazning moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan N.F. lar 504,8 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish, markaz xarajatlarini 802 mln so‘mga ko‘paytirib ko‘rsatib,  markazga tushgan mablag‘larni kamaytirganlikda va rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlarni kiritganlikda ayblanmoqda. 

Top