10:00 / 02.11.2017
21269

Ronaldu: shartnomani uzaytirishni istamayman

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning ta'kidlashicha, jamoa bilan shartnomani uzaytirish borasida rejalari yo‘q.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi bu haqda YeChL guruh bosqichi doirasida «Tottenhem Hotspur»ga qarshi mehmonda kechgan o‘yindan so‘ng aytib o‘tdi. Zayniddin Zidan shogirdlari ushbu bellashuvda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Real» bilan shartnomam yana to‘rt yil davom etadi, hamda men uni uzaytirishni xohlamayman. O‘zimni klubda juda yaxshi his qilmoqdaman. Jamoaga keladigan bo‘lsak, hech narsa ro‘y bermadi. Biz har doim bir xil darajada o‘ynay olmaymiz. O‘zimiz istagandek harakat qila olmadik, biroq men yomon o‘ynadik, deb hisoblamayman», - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi beIN Sports. 

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top