17:20 / 03.11.2017
11848

Chempionlar Ligasida haftaning eng zo‘r futbolchisi aniqlandi

UYeFA Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlarini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, «Chelsi» (3:0) darvozasiga ikkita gol urgan «Roma» hujumchisi Stefan El-Shaaravi g‘olib deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni «Liverpul» yarimhimoyachisi Muhammad Saloh, uchinchi o‘rinni TsSKA yarimhimoyachisi Alan Dzagoyev egalladi.

G‘oliblikka da'vogarlar ichida Dele Alli («Tottenhem»), Marlos («Shaxtyor»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Leven Kurzava (PSJ) va Kingsli Koman («Bavariya») ham bor edi.

Mavzuga oid
Top