13:50 / 03.11.2017
5958

MDH Hukumat rahbarlari terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: KUN.UZ

Ayni kunlarda paydo bo‘layotgan tahdid va muammolarga qarshi turish maqsadida, MDH doirasida terrorizmning  turli ko‘rinishlariga, ekstremizmning paydo bo‘lishi, shuningdek uni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha a'zo davlatlar o‘rtasida ma'lumot almnashinuvi yo‘lga qo‘yidishi muhokama maydonida bo‘ldi.

A'zo davlatlar o‘rtasida tegishli idora va tashkilotlararo ma'lumotlarni almashish, uning huquqiy asoslari, xabar almashinuvida xalqaro va milliy qonunchilik tizimiga putur yetkazmaslik holatlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida vakolatli idora va tashkilotlarning o‘zaro maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

MDH makonida terrorizm va ekstremizm harakatlarini moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash a'zo davlatlar antiterror markazi ixtisoslashtirilgan ma'lumotlar ombori orqali aniqlanadi.

Mavzuga oid
Top