09:44 / 03.11.2017
21144

Tramp yana Green Card’ni tanqid qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, AQShda doimiy yashash maqomini beruvchi grin-karta olish huquqini beruvchi vizalarni o‘ynash dasturi bo‘yicha mamlakatga «eng yaxshi odamlar» kelmayapti.

«Agarda siz lotereya tizimi hamda bu lotereya bo‘yicha mamlakatimizga kelayotgan kishilarga qarasangiz... shuni ko‘rasizki, davlatlar o‘zlarining eng yaxshi, tanlangan fuqarolarini berayotgani yo‘q», - deya ma'lum qildi Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.

Avvalroq Tramp Nyu-York teraktidan keyin «grin karta»ni tanqid qilgani xabar berilgandi. «Biz «xizmatlarga yarasha» immigratsiya uchun kurashamiz, bundan keyin demokratlar uchun lotereya tizimlari yo‘q. Biz endi aqlliroq bo‘lishimiz kerak», - deya yozgandi AQSh prezidenti.

Mavzuga oid
Top