15:16 / 04.11.2017
41577

Elektrostal shahri hokimining yordamchisi o‘zbekistonlik shaxs tomonidan o‘ldirildi

Foto: Getty Images

Moskva viloyatidagi Elektrostal shahri hokimining maslahatchisi Darya Turkinaning o‘ldirilishiga 40 yoshli o‘zbekistonlik shaxs aloqador. Ular o‘rtasidagi mojaro ta'mirlash ishlari tufayli kelib chiqqan, deb xabar bermoqda "Interfaks" voqeadan xabardor manbaga asosan.

"Aniqlanishicha, 40 yoshli o‘zbekistonlik qotillik sodir etilgan kunda Turkinaning uyiga mast holda kelgan. U shu ahvolda ta'mirlash ishlarini bajarmoqchi bo‘lgan", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrant va Turkina o‘rtasidagi mojaro ta'mirlash ishlari sifati tufayli kelib chiqqan. "Mojaro natijasida qotillik yuz bergan", - degan manba. Uning aytishicha, migrant qotillikdan so‘ng uydagi zargarlik buyumlarini o‘margan.

Xabar qilinishicha, ayni damda tergovchilar dalil-isbotlarni to‘plash bilan band. Erkak o‘z aybini tan olgan. Juma kuni unga ayblov qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top