09:33 / 04.11.2017
7096

Intellektual mulkni muhofaza qilish, atom energetikasi va soliq solish bo‘yicha xalqaro shartnomalar tasdiqlandi

Prezidentning 1.11.2017 yildagi PQ–3366 va PQ–3367 hamda 2.11.2017 yildagi PQ–3368-son xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Gap quyidagi hujjatlar to‘g‘risida bormoqda:

1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Protokol 19.11.2015 yil (26.05.2017 yilda Qozon shahrida imzolangan);

2. O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitim (5.09.2017 yilda Bishkek shahrida imzolangan);

3. Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi me'yoriy-huquqiy va me'yoriy texnik nazorat, muvofiqlashtirish, standartlashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazishni baholash hamda metrologik ta'minlash borasidagi yondashuvlarni yaqinlashtirish to‘g‘risidagi Bitim (26.05.2017 yilda Qozon shahrida imzolangan). Mazkur bitimni amalga oshirish bo‘yicha mas'ul etib «Sanoatgeokontexnazorat» DI va «O‘zstandart» agentligi belgilangan.
 
TIVga O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro bitimlarning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tadbirlari amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomalarni yo‘llash topshirilgan.  
 
Hujjat 2.11.2017 yildan kuchga kirdi.  

Mavzuga oid
Top