18:37 / 04.11.2017
7421

Livan bosh vaziri nima uchun iste'foga chiqqanini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Livan hukumati raisi Saad al-Haririy o‘z vazifasidan iste'fo berishiga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritdi. Bu LBC telekanali habar bermoqda

Haririy o‘z bayonotida aytishicha, Livandagi hozirgi vaziyat avvalgi bosh vazir Rafiq al-Haririy o‘ldirilgan vaqtdagi muhitga o‘xshab ketadi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Saad al-Haririy sobiq bosh vazir taqdiriga duch bo‘lishdan qo‘rqayotganini ham e'tirof etgan. Rafiq al-Haririy 2005 yil 14 fevralda Bayrtdagi suiqasdda vafot etgan edi. 

Saad al-Haririy esa «Al-Mustaqbal» partiyasi yetakchisi sanaladi. U 2009-2011 yillarda shu vazifani bajargan va 2016 yil noyabr oyidan bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan edi. 

Mavzuga oid
Top