11:27 / 04.11.2017
6573

Parfyumeriya do‘konidan 33 mln. so‘mlik mol-mulk o‘marildi

2017 yilning 1 noyabrdan 2 noyabrga o‘tar kechasi, R.T. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida joylashgan parfyumeriya buyumlari do‘koni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro S.T.ga tegishli bo‘lgan jami bahosi 33.452.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (o‘g‘rilik, ya'ni ancha miqdorda, omborxona va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top