17:30 / 05.11.2017
16561

Abramovich Mourinoni tushlikka taklif qildi - OAV

Foto: TASS

«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoni tushlikka taklif qildi, deya xabar bermoqda The Sun.

Manba bergan xabarga ko‘ra, hozirgi vaqtda portugaliyalik mutaxassisning bu taklif rozilik bergani yoki bermagani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 noyabr kuni «Chelsi» o‘z uyida «MYu»ni qabul qiladi. Mourino bungacha ikki marta aynan Abramovich rahbarligidagi klubni boshqargan va ikki marta ham chempionlik mavsumidan keyingisida iste'foga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abramovich Konte bilan gaplashishni istamayotgani va uni ishdan bo‘shatish niyatida bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top