22:51 / 05.11.2017
7310

Bag‘dodda ikkita terakt amalga oshirildi, qurbonlar bor

5 noyabrda Bag‘dodning shimoli va g‘arbida ikkita portlash sodir etildi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan va o‘nga yaqin odam turli jarohatlar olgan.

“Birinchi portlash Bag‘dod shimolidagi Al-Tarmiya tumanidagi bozor yaqinida sodir etilgan. Buning oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘lgan va 7 kishi yaralangan”, deb ma'lum qilgan Iroq OAV.  

Yana bir portlash Bag‘dod g‘arbida ro‘y bergan. Bu portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va yana 2 kishi jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralari portlash joylarini o‘rab olishgan va tergov olib borishmoqda. 

Mavzuga oid
Top