10:10 / 05.11.2017
19695

«Bolonya» hujumchisi 13 yildan buyon hech bir futbolchi eplay olmayotgan noyob natija qayd etdi

Italiya A seriyasining 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Bolonya» o‘z uyida «Krotone»ga imkoniyatni boy (2:3) berib qo‘ydi.

«Bolonya» tomonidan kiritilgan ikkala golga ham mezbonlar yarimhimoyachisi, 25 yoshli Simone Verdi mualliflik qildi.

Qiziq tomoni, italiyalik futbolchining dubli o‘ziga xos noyob natijaga aylandi. Gap shundaki, Verdi ikki golni ham jarima zarbasidan so‘ng kiritdi va eng ahamiyatlisi birinchisida u chap oyog‘ida jarima zarbasini amalga oshirgan bo‘lsa, ikkinchisida o‘ng oyoqda bu ishni qoyilmaqom tarzda bajardi.

Italiya A seriyasida 2004/05 yilgi mavsumdan boshlab biror bir futbolchi bitta o‘yinda har ikkala oyog‘ida jarima zarbasidan gol kiritishning uddasidan chiqmayotgandi.

Mavzuga oid
Top