8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:40 / 05.11.2017 27219

Kuzning asosiy turi. London Manchesterga qarshi

APLning 11-turida Xosep Gvardiolani Arsen Venger, Joze Mourinoni Antonio Konte kutmoqda. «Tribuna» kuzning eng asosiy turi uchrashuvlari anonsini taqdim etadi.

Venger Gvardiolaga qarshi

Angliyada Super Sunday atamasi paydo bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Bunday kunda turning eng markaziy uchrashuvi o‘tkaziladi. Ammo bu safar ikki hissa «Superyakshanba».

Avvaliga «Arsenal» bu mavsumda nafaqat Angliyada, balki Yevropada gegemonlik qilayotgan «Manchester Siti»ga qarshi safar uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yinda favorit «shaharliklar» ekani ma'lum. Jamoa bu kuzdagi o‘yinlarda hisobda ortda borgan daqiqalar 13 daqiqani tashkil qiladi. Bir hafta oldin Pep Gvardioladan uning jamoasi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib, «Arsenal»ning 2003-04 yillardagi natijasini (49ta uchrashuv) takrorlash ehtimoli haqida so‘rashganida, bu ilojsiz ish ekanini aytgandi. Endi Venger uning bu so‘zlarini tasdiqlashi mumkin.

2015 yilning yanvarida «Arsenal» safarda «Manchester Siti»ni mag‘lub etgandi. «Kanonirlar» o‘shanda yomon ahvolda edi, bu g‘alaba esa jamoaga vaziyatni o‘nglashda yordam bergan, «shaharliklar» esa o‘sha mag‘lubiyat tufayli «Chelsi»ni oldinga qo‘yib yuborgan va oxir-oqibat chempionlik poygasida yutqazgandi. 

Qariyb 3 yil o‘tmoqda, ko‘p narsa o‘zgardi, ko‘p klublarda boshqa murabbiylar ishlamoqda. Ammo «Arsenal»da o‘sha-o‘sha Venger. Venger o‘z joyida, jamoa esa o‘shandan keyin Manchesterdan g‘alaba bilan qayta olmayapti. Hatto «kuchli oltilik»dagi jamoalarga qarshi safar o‘yinlarida g‘alaba qozonilmadi. Yakshanba kuni Londonliklar Manchesterda bu «qora an'ana»ga chek qo‘yishi va chempionlik poygasiga qaytishi mumkin. 

«Ular yaxshi formada. Ammo bir necha hafta oldin «Real» haqida nima deyishayotgandiyu, «Arsenal» haqida nima deyishayotgandi», dedi o‘yindan avval Arsen Venger.

Mourino Konteni ishdan ketkazadimi?

Manchesterdagi to‘qnashuv ortidan «Stemford Brij»da London va Manchesterning boshqa klublari, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs boshlanadi.

«MYu»ni pragmatik o‘yinlari uchun tanqid qilishmoqda, ammo Mourino ularga ko‘rsatayotgan natijalari bilan javob qaytarmoqda. Jamoa premer-liga turnir jadvalida qo‘shnilarini ta'qib qilishni davom ettirmoqda. «Chelsi»da vaziyat qiyinlashgan, jamoa xalqaro maydonlarda ham kuchli o‘yin ko‘rsatmayapti, ichki chempionatda ham yaxshi taassurot qoldirmayapti va bosh murabbiy Antonio Konte rahbariyatning ishonchini yo‘qotgan. Unga iste'fo tahdid qolmoqda. Ammo Konteni bu o‘yin arafasida safga qaytgan Kante qutqarishi mumkin. Uning «MYu»ga o‘tib ketgan Matich bilan dueli bu o‘yinda ko‘p narsani hal qilishi kutilmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis «Chelsi» bilan o‘tmishi haqidagi savollarni yoqtirmaydi. Shu tufayli bu haqda to‘xtalish o‘rinsiz. Qolaversa, «MYu»ning bu o‘yin arafasidagi holati shunday ham intrigali. Manchesterliklar «Stemford Brij»da oxirgi marta 2012 yili g‘alaba qozongan va shundan keyingi 13 o‘yinda faqat bir marta g‘alaba qozongan (1-5-7).

Mourino, Lukaku, Mata, Matich - o‘z sobiq jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Belgiyalik hujumchi top-6 jamoalarga qarshi 59 o‘yinda atigi 15 gol urgan. Shu tufayli ushbu hujumchidan bu o‘yinda ham ko‘p narsa kutishmayapti. Oktyabr oyida Lukaku gol urmay qo‘ydi. 6 o‘yinda u bitta ham gol ura olmadi va to‘purarlar poygasidan chiqib ketdi. Ammo u bugungi o‘yinga alam bilan tushadi va bu vaziyat o‘zgarishini kutish mumkin.

Super Sunday! APLdagi ikki markaziy uchrashuv haqida qiziq faktlar

«Tottenhem»: Yevropaning eng yaxshi jamoasidan keyin liganing eng yomon jamoasiga qarshi

Maurisio Pochettino «Taxtlar o‘yini» serialining katta ishqibozi ko‘rinadi. «Real»ga qarshi o‘yindan oldin u Dele haqida shunday degandi: «Qish kabi u ham yaqin». «Qirollik klubi» bunga e'tibor qaratmadi va afsuslandi. Angliyalik yarim himoyachi esa barchani hayratga solib, o‘z faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi va «shporlar»ni keyingi bosqichga olib chiqdi. Hatto Harri Keyn uning soyasida qolib ketdi.

Endi «Uembli» kasofati haqida hech kim eslamayapti. Bugungi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yindagi g‘alaba esa bu fikrni xotiralardan butkul o‘chirishi mumkin. Roy Hojson jamoasi bu mavsumdagi safar o‘yinlarida bitta ham gol urmadi.

Anons. Angliyada ikkita katta o‘yin va uikendning boshqa muhim to‘qnashuvlari

5 noyabr, yakshanba
17.00. TOTTeNHEM – KRISTAL PELAS
«Tribuna» prognozi – 3:0. 
19.15. MANCheSTeR SITI – ARSeNAL
«Tribuna» prognozi – 1:4.
21.30. CheLSI – MANCheSTeR YuNAYTeD
«Tribuna» prognozi – 0:0. 
21.30. EVeRTON – UOTFORD
«Tribuna» prognozi – 1:1.

Turnir jadvalida ayni vaqtdagi vaziyat

Top